O‘zbekistonlik yigit Tataristonda “Yil talabasi” bo‘ldi. Endi u dunyoning istalgan oliygohida o‘qishni bepul davom ettirishi mumkin

O‘zbekistonlik Kamoliddin Boboxonov “Tatariston talabasi—2019” mukofoti sovrindori bo‘lib, 50 000 rubl pul va dunyoning istalgan oliy ta’lim muassasasida o‘qishni bepul davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

talaba
Foto: “Tatar-inform”

Kamoliddin Boboxonov toshkentlik bo‘lib, Tataristonga 5 yil avval kelgan va Qozon federal universitetining Ijtimoiy-falsafiy fanlar va ommaviy kommunikatsiyalar institutiga o‘qishga kirgan.

Taqdirlash marosimi 25-yanvar kuni Qozondagi “Piramida” konsert zalida o‘tkazilgan bo‘lib, mukofotni Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning shaxsan o‘zi topshirgan.

Loyiha Tojikiston Talabalar ligasi tomonidan 2005-yildan beri har yili amalga oshirilib kelinmoqda va unda respublikaning 300 ga yaqin eng yaxshi talabalari ishtirok etadi. E’tiborli tomoni, “Yilning eng yaxshi talabasi” mukofotini qo‘lga kiritgan talabalar o‘qishni davom ettirish uchun, asosan, AQSh va Yevropa mamlakatlari universitetlarini tanlaydi.