2019-yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgani e’lon qilindi

Rossiya IIV ma’lumotlariga ko’ra, 2019-yilda qariyb 498 ming nafar chet elliklar Rossiya fuqaroligini oldi. Bu 2018-yilga nisbatan 84 foziga ko‘p bo‘lib, unda 269 ming nafar shaxs Rossiya fuqarolgini olgandi.

Qayd etilishicha, Rossiya pasportini olganlarning aksariyatini Ukraina fuqarolari tashkil etgan (300 ming). Undan keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (50,5 ming), Tojikiston (19,4 ming), O‘zbekiston (19,4 ming), Qirg‘iziston (9,3 ming) va Turkmaniston (1,4 ming) fuqarolari egallagan.

Avvalroq o‘zbekistonliklar so‘nggi 5 yil ichida Qirg‘iziston fuqaroligini olgan xorijliklarning 55 foizini tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.

Ulashish