Twitter foydalanuvchining standart avatar suratini o‘zgartirdi

0


Twitter mikrobloglar xizmati o‘z saytida foydalanuvchining standart avatar suratini o‘zgartirdi. Bu haqda 31-mart kuni kompaniyaning rasmiy saytida xabar qilindi.

Bunga qadar sayt foydalnuvchisi standart surati tuxum shaklida edi. Endi u kulrang fonga joylashtirilgan inson silueti bilan tasvirlangan.

“So‘nggi yetti yil davomida kimki Twitterda akkaunt yaratsa boshlang‘ich holatda avatar suratida tuxum aks etar edi. Biz shu yo‘l bilan foydalanuvchilarga tuxum qushga aylanishini, qush esa siz Twitterda ko‘radigan tvitlarni olib kelishini tushuntirmoqchi bo‘ldik. Ammo, endi biron-bir yangilik qilish vaqti keldi. Biz odamlarni o‘z shaxsiy suratlarini saytga joylashtirib, unda yanayam fikrlarini teran bildirshlari uchun ilhomlantirdik. Shu sabab bugun biz profilning yangi standart suratini namoyish qilamiz,” – deyiladi rasmiy saytdagi xabarda.

Shuningdek xabarda, ko‘pchilik tuxum shaklini “chiroyli va yoqimli” deb hisoblab o‘z suratlarini yuklamagani aytiladi. Yangi standart surat esa foydalanuvchini noma’lumlikdan ko‘ra, profilga suratini yuklashga undaydi. Natijada Twitterda aksar hollarda tajovvuskor xabarlar tarqatuvchi noma’lum profillar kamayadi.