YeTTB O‘zbekistonga katta miqdorda sarmoya kiritdi. Pul qanday loyihalarga sarflandi?

2019-yilda Yevropada tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistondagi 13 ta davlat hamda xususiy sektordagi loyihalarga 576 million dollar sarmoya kiritgan. Bank bu davrga qadar mamlakatimizga buncha ko‘p pul tikmagan.

O‘zbekistonda YeTTB, asosan, infratuzilmaviy loyihalarga pul ajratgan. Xususan,

  • Talimarjon IESda qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvati barpo qilish uchun – €213.8 mln;
  • Navoiy elektr uzatish loyihasi — €71.5 mln;
  • Qashqadaryo ichimlik suvi loyihasi — €53.4 mln;
  • Xorazm ichimlik suvi loyihasi — €80.2 mln.

Bank, shuningdek, mintaqadagi operatsiyalarini oshirish hamda Farg‘ona vodiysidagi infratuzilmalarga investitsiya kiritish uchun Andijonda mintaqaviy filialini ochdi.

Bugungi kunga qadar YeTTB iqtisodiyotimizga 79 loyiha orqali 1,85 milliard yevro sarmoya kiritgan.