Oʻzbekistonda soʻm/rubl toʻgʻridan-toʻgʻri konvertatsiyasi joriy etiladi

Markaziy bankning pul-kredit siyosati departamenti direktori Bekzod Hamroyev Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyuda ishbilarmonlar va sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida valyuta va bank tizimini liberallashtirish jarayonlari haqida soʻzlab berdi.

Foto: Sputnik

“Birinchi chorakning oxirigacha soʻm/rubl toʻgʻridan-toʻgʻri konvertatsiyasini joriy etish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda”, – deb taʼkidladi Xamroyev.

Departament rahbari rublni soʻmga konvertatsiyasi biznes hamjamiyati uchun foydali ekanligini, bu  Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga yordam berishini taʼkidladi. Dollar va yevroda hisob-kitoblardan qochish moliyaviy operatsiyalarni soddalashtiradi va tezlashtiradi.