Shavkat Mirziyoyev Samarqandda BMT bosh kotibini qabul qiladi

0
289
marta oʻqilgan

BMT bosh kotibi sakkizinchi iyun kuni Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari yigʻilishida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda BMT yangiliklar markazi.

Foto: CNN.com

Toʻqqizinchi iyun kuni Antoniu Guterresh Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashadi va SHHT majlisida soʻzga chiqadi.

10-iyun kuni esa bosh kotib Samarqandga keladi hamda Oʻzbekiston rahbari bilan uchrashadi. Kunning ikkinchi yarmida esa Guterresh Nukusga boradi hamda Orol dengizidagi kemalar qabristoniga tashrif buyuradi.

Ertasi kuni bosh kotib Qirgʻizistonga, 12-iyun kuni esa Tojikistonga borishi rejalashtirilgan. Guterreshning safari 13-iyun kuni Turkmanistonga tashrif buyurish bilan nihoyasiga yetadi.