GM Uzbekistan: avtomobillar ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga eski narxlar bo‘yicha sotiladi

0
488
marta oʻqilgan

GM Uzbekistan urush qatnashchilariga berilgan sertifikatlar asosida tuziladigan yangi shartnomalarda 31-maygacha amal qilgan narxlar qo‘llanilishini ma’lum qiladi. Bundan tashqari avtomobillar veteranlarga navbatsiz beriladi, qayd etiladi kompaniya xabarida.

Foto: Авторевю

Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun kompaniya Call-Markazining +99871 141-77-77 telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 1- iyundan GM Uzbekistan avtomobillarining narxlari oshirildi, shuningdek, ushbu sanadan boshlab ularning savdosi milliy valyutada amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.