AQSh Prezidentining Fan masalalari bo‘yicha vakili O‘zbekistonga keldi

0
306
marta oʻqilgan

6-iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan AQSh Prezidentining Fan masalalari bo‘yicha vakili Tafts Universiteti qoshidagi Atrof-muhit instituti direktori Linda Abriola bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Tafts Universiteti

Suhbat chog‘ida fan sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari nuqta’i nazaridan O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini rivojlantirishning hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

2010-yil dekabr oyida O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida imzolangan fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish mazkur yo‘nalishdagi sherikchilikni kengaytirish imkonini bergani qayd etildi.