Eron va Ukrainada 9-yanvar motam kuni deb e’lon qilindi

Eron hukumati Ukrainaga tegishli Boeing 737 samolyotining falokati hamda Kirmonda general Sulaymoniyni dafn etish marosimida halok bo‘lganlar sabab 9-yanvarni motam kuni deb e’lon qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Foto: “Kommersant”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham samolyot falokati sabab 9-yanvarni motam kuni deb e’lon qilish bo‘yicha buyruq bergan. Prezident buyrug‘iga ko‘ra mamlakatdagi barcha bino va davlat muassasalaridagi Ukraina davlat bayrog‘i pastga tushiriladi. Ko‘ngilochar tadbirlar, bayram dasturlari, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar rejasi o‘zgartiriladi.

Shuningdek, samolyotning falokatga uchrashi oqibatida 180 ga yaqin, dafn marosimida esa 50 dan ortiq odam halok bo‘lgan.