Oʻzbekistondagi dafn marosimlarining narxlari maʼlum qilindi

Toshkent shahar hokimligi dafn marosimlarini tashkil etish uchun tariflarni belgilashni koʻzda tutuvchi qaror loyihasini eʼlon qildi, deb yozadi Vkrace.uz nashri.

Foto: Zarnews.uz

Musulmonlar uchun anʼanaviy qabr qazish narxi chuqurning hajmiga qarab oʻzgaradi:

  • Katta (1×1 m) – 115 000 soʻm, kichik (0,6×0,8 m) – 45 000 soʻm;
  • Boshqa din vakillari uchun dafn qilish narxi 45 000 dan 90 000 soʻmgacha oʻzgaradi;
  • Barcha dinlar uchun raqami boʻlgan ustunning narxi bir xil – 30 000 soʻm;
  • Musulmonlar uchun tobut tayyorlash (1,9 m) – 1 200 000 soʻm;
  • Gulchambar yasash – 100 000 dan 230 000 soʻmgacha;
  • Transport xizmatlari – soatiga 60 000 soʻm.