Oʻzbekiston Yaponiyaga 1 milliard dollardan ortiq uran yetkazib beradi

Oʻzbekiston Yaponiyaga uran yetkazib berish boʻyicha 1 milliard dollardan ortiq shartnomalar imzoladi, deb xabar beradi Akipress.com.

Foto: bigthink.com

Shartnomalar Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga tashrifi davomida imzolangan.

636,4 million dollarlik eng katta bitim “Itochu“ kompaniyasi bilan, 510 million dollarlik shartnoma esa “Marubeni“ bilan imzolandi. Shartnoma shartlariga koʻra, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2023-yildan 2030-yilgacha uran yetkazib beradi.

Oʻzbekiston 2017-yilda AQShga 300 million dollarlik uran yetkazib berish boʻyicha 7 yillik shartnomani imzolagan edi. 2019-yilda esa Hindiston bilan uran eksport qilish boʻyicha shartnoma imzoladi.

Oʻzbekiston uran qazib olish boʻyicha dunyoda yettinchi oʻrinni egallaydi.

Namangan kon-metallurgiya kombinati Oʻzbekistonda uran ishlab chiqaruvchi va eksport qiladigan yagona operator hisoblanadi.