Tojikiston va O’zbekiston chegaralarni demarkatsiya qilish bo’yicha muzokaralar olib bormoqda

Tojikiston tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, bu yil Tojikiston-Oʻzbekiston chegaralarini demarkatsiya komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Foto: Zomin tuman hokimligi

Tomonlar strategik sheriklik asosida rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasini qayd etdilar.

Majlisda reglament va texnik hujjatlar maʼqullandi, unda kelgusida tojik-oʻzbek chegarasi demarkatsiya qilinadi.

Tomonlar 2020-yilga moʻljallangan uchrashuvlar jadvalini tasdiqladilar.