Alovuddinning Buxoro va Xivaning real hayotidagi parkuri (video)

Youtube videoxostingidagi “devinsupertramp“ kanali “Alovuddin parkur bilan haqiqiy hayotda – Oʻzbekiston“ nomli videosini joyladi.

 

Devin Graham tomonidan tasvir tushirilgan video rolikda Alovuddin rolini parkur atletik Kalen Chan oʻynagan.

“Biz Oʻrta Osiyoda joylashgan Oʻzbekiston boʻylab film suratga olish imkoniyatiga ega boʻldik. Biz Buxoro va Xiva shaharlarida suratga olish ishlarini olib bordik. Tasvirda hammasi dekoratsiyaga oʻxshab koʻrinadi, ammo tasvirdagi muhit, odamlar va barcha barchasi haqiqat. Bu yerda odamlar nihoyatda mehmondoʻst, taomlar juda mazali, binolar va tarixi esa juda goʻzal ekan“, – deydi ijodkorlar.

Ikki hafta avval videoxostingga joylashtirilgan rolikni yarim million foydalanuvchi tomosha qilgan.