Buxorolik fuqaro Xabib Nurmagomedovni prezident portali orqali jangga chaqirdi

Buxoro viloyati Peshkun tumanida yashovchi fuqaro respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev portaliga murojaat qilib, Rossiyaning yakkakurash jang sanʼati jangchisi (MMA) Xabib Nurmagomedov bilan jang tashkil etishni soʻradi. Skanerlangan hujjat “Exo Uzbekistana“ Telegram kanalida chop etildi.

Foto: Era Madani

Fuqaroning yozishicha, u hech qachon bunday iltimos qilmagan, ammo prezident virtual qabulxonasi orqali Xabib bilan kurashish uchun imkoniyat soʻragan. Shu bilan birga, Buxoro viloyatining 40 yoshli fuqarosi jangdan oldin u va raqibi tibbiy koʻrikdan oʻtishlarini ham soʻrab oʻtgan.