“Asia Alliance Bank“ Yaponiya kompaniyasiga sotiladi

Oʻzbekiston hukumati Asia Alliance Bankning nazorat paketini Yaponiyaning “Sawada Holdings” kompaniyasiga 32 million dollarga sotishni rejalashtirmoqda. Taxmin qilinayotgan bitim shu yil may oyida yakunlanadi.

Foto: Gazeta.uz

Spot.uz xabariga koʻra, bankni yapon kompaniyasi rahbariyatiga topshirish Mirziyoyevning oʻtgan yil dekabr oyida Tokioga rasmiy tashrifi chogʻida muhokama qilingan. Ushbu loyiha ikki mamlakat oʻrtasida investitsiyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi 50 ga yaqin bitimlar roʻyxatiga kiritilgan.

Muzokaralar yanvar oyida boʻlib oʻtadi. Aprelda tomonlar zarur hujjatlarni tayyorlashadi va may oyida bitim yakunlanadi. Oʻzbekiston tomonidan ushbu masala Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan nazorat qilinadi.