Oʻzbekistonga isteʼmolchilar huquqlarining xalqaro himoyachisi tashrifi kutilmoqda

14-19- fevral kunlari Oʻzbekistonda birinchi marta “Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilari forumi” oʻtkaziladi.

Foto: KedahNews.com

Shu munosabat bilan Oʻzbekistonga bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari kelishi kutilmoqda. Jumladan, Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti(Consumer International) prezidenti Marimutu Nadason tashrifi koʻzda tutilgan. U ushbu lavozimda 2019-yil maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Oʻzbekistonda mustaqillikning ilk davrlaridan isteʼmolchilar huquqlari qonun bilan himoya qilingan. Ammo bugunga kelibgina sohada mavjud kamchiliklar tadqiq etilmoqda. 2020-yil boshida Federatsiya tomonidan tashkil etilayotgan ushbu forum sohadagi mavjud muammolarni oʻrganish, tizim yutuqlarini tadqiq etish, xalqaro tajribani hayotimizga kirib kelishida ulkan rol oʻynaydi.