Garri Potter davom etadi. Yangi filmning syujeti tafsilotlari ma’lum boʻldi

Garri Potter davom etadi. Yangi filmning syujeti tafsilotlari maʼlum boʻldi. Xullas endigi filmda Garri Potterning oʻgʻli Voldemortning qiziga qarshi kurashadi.

Kadr: Warner Bros

“Warner Bros“ kinostudiyasi Garri Potter haqidagi hikoyaning davomini film qilib ishlashga qaror qildi. Afsungarlar haqidagi afsonaviy film “Fantastik hayvonlar“ teleseriali tugashi bilanoq katta ekranlarga qaytadi. Bu haqda WeGotThisCovered oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.

Yosh sehrgar haqidagi yangi film “Harry Potter and the Deathly Hallows“ filmlaridagi voqealardan 20 yil oʻtgach sodir boʻladi. Bosh qahramonlardan biri Garri va Jinni Potterning kenja oʻgʻli Albus Severus boʻladi.

Kadr: Warner Bros

Yana bir asosiy qahramon “Oʻzingiz bilasiz kimligini“ning qizi. U oʻz otasini tiriltirishga harakat qiladi. Uning onasi Bellatriks Lestranj boʻlib chiqishi mumkin. Ushbu hikoya “Garri Potter va laʼnatlangan bola“ spektakli bilan juda koʻp oʻxshashliklarga ega, ammo, film toʻgʻridan-toʻgʻri pyesaga oʻxshatilmaydi.

Kadr: Warner Bros

Film ijodkorlari filmning eng asosiy yulduzlarini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Navbatdagi Garri Potter filmida siz qadrdon Daniel Radklif (Garri), Emma Uotson (Germinyona), Rupert Grint (Ron) va boshqa aktyorlarni koʻrishingiz mumkin. Senariy muallifi asar muallifi Joan Rouling, rejissyor kreslosini yana Garri Potterning soʻnggi toʻrtta filmini suratga olgan Devid Yeyts egallaydi.

Shuningdek, yangi film Albus Severusning sarguzashtlari haqidagi katta seriyaning boshlanishi boʻlishi mumkinligi ham eslatib oʻtilgan.