Eronning eng mashhur generali AQSh tomonidan o‘ldirildi

Eron oliy yetakchisi Ali Homanaiy Islom inqilobi soqchilari korpusining (IISK) “Quddus” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni – general Qosim Sulaymoniy o‘limi uchun qasos olishga va’da berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Foto: AP

“Qo‘llarida uning (Sulaymoniyning – tahr.) va boshqa shahidlarning qoni qolganlarni qat’iy qasos kutib turibdi”, – deyiladi general o‘limi sababli uch kunlik motam e’lon qilgan Xomanaiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, “Quddus” maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy 2 yanvar kuni o‘ldirildi. U bilan birga Iroqning “Al-Hashd ash-Sha’biy” shia guruhining bir necha yetakchilari halok bo‘ldi.

Pentagon Iroq aeroportiga Donald Tramp farmoyishiga asosan aviazarba berilganini ma’lum qildi. Vashington halok bo‘lgan Sulaymoniyni AQShning Iroqdagi elchixonasi va koalatsiya bazasiga uyushtirilgan hujumlarga aloqador deb hisoblaydi.

Eron TIV rahbari Muhammad Javad Zarif IISK generali zlimini “xalqaro terrorchilik akti” deb atadi.