Butunjahon antidoping agentligi taqiqlangan moddalar ro‘yxatini yangiladi

2020-yil 1-yanvardan Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan yangilangan taqiqlangan moddalar ro‘yxati amal qila boshladi.

Foto: openrussia.org

Ushbu ro‘yxatdan oktodrin (1,5-dimetilgeksilamin) va levometadon moddalari o‘rin olgan. Bundan tashqari idora tabiiy va sintetik ko‘rinishdagi kannabinoidlar iste’moliga qo‘yilgan taqiqni aniqlashtirgan.

Shu bilan birga, ilgari doping deb hisoblangan argon inert gazi ro‘yxatdan chiqarilgan.