Chilonzor tumanida fohishaxona yopildi

0
616
marta oʻqilgan

Chilonzor tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlagan Nurali Abdusamatov (ismi o‘zgartirilgan) nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

2017-yilning 4-iyun kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Nurali Abdusamatov Chilonzor tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 100 ming so‘m pul evaziga fuqarolarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.