Abdulaziz Komilov: Tolibonlar urush, qurol ishlatishni va zo‘ravonlikni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro Press klubning 27-dekabrda bo‘lib o‘tgan va 29-dekabrda efirga uzatilgan sessiyasi davomida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish borasida amalga oshirilayotgan sayi-harakatlar haqida gapirdi.

Foto: Kommersant.uz

Bugun ertalab (27.12.2019) xabar keldi, Tolibonlar urush, qurol ishlatishni va zo‘ravonlikni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi. Ushbu qaror Afg‘oniston hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashga yo‘l ochib berishi mumkin. Bu masalani muhokama qilish uchun ikki tomondan delegatsiyalar shakllantiriladi.

Biroq bu bilan Afg‘onistonda tinchlik birdan o‘rnatiladi deb bo‘lmaydi, chunki muzokaralar uzoq davom etadi va umid qilamizki, bir yechimga kelinadi. Shuni ta’kidlash ham kerakki, O‘zbekiston afg‘on xalqiga yordam berishga va tinchlik o‘rnatish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor.

Abdulaziz Komilov, Tashqi ishlar vaziri.

Xalqaro Press klub sessiyasida Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Inson huquqlari milliy markazi dirketori Akmal Saidov, Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Mahmud Istamov, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Zaripov ham ishtirok etgan.