Yunusobodda o‘z hovlisida nasha o‘stirgan fuqaro qo‘lga olindi

Yunusobod tumanida o‘z hovlisida nasha giyohvandlik vositasini yetishtirgan fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbut xizmati

2017-yilning 4-iyun kuni, taxminan soat 16:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori—2017” tadbiri davomida, Yunusobod tumani hududida, Furqat Tulaganov uyi hovlisida qonunga xilof ravishda 15 tup nasha giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi aniqlangan.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbut xizmati

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.