«Real» rahbariyati Zidanning iltimosiga rad javobini berdi

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning “Real”ga transferi amalga oshmasligi mumkin.

Madridliklar klubi rahbariyati Pogbani oʻz jamoasida koʻrishni istayotgan “Real” ustozi Zinedin Zidanning iltimosiga rad javobini bergan, deya xabar qilmoqda AS.

Nashr versiyasiga koʻra, rahbariyat Zidanga jamoaning 21 yoshli futbolchisi Federiko Valverdega eʼtibor qaratishni maslahat bergan. Buning ustiga Pogbaning mankunianlar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilda oʻz yakuniga yetadi va “Manchester Yunayted” fransiyalik futbolchini 150 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Oʻz navbatida buncha miqdorda pul sarf qilish “Real” rahbarlariga xush kelmayapti.

Pogba Angliya Premer Ligasining 2019-20-yilgi mavsumida olti oʻyin oʻtkazdi va birorta ham samarali harakatni amalga oshirmadi.