“Real” sobiq hujumchisi: 200 mln yevro sarflab bo‘lsa ham Keynni Madridga olib kelardim

“Real” sobiq hujumchisi Ugo Sanches madridliklar hujum chizig‘ini kuchaytira oladigan futbolchi haqida gapirdi.

Foto: FIFA

“Mening fikrimcha, “Real”da ikkita tarkib bo‘lishi kerak va shunga yarasha ikkita markaziy hujumchi ham. Men anchadan buyon Harri Keynni kuzatib boraman.

Men uni 200 million yevro sarflab bo‘lsa ham olib kelgan bo‘lardim. Ronalduning narxi ham qimmat edi, biroq u klubga qanchalik foyda keltirganini yaxshi bilasiz. Biroq Florentino Peres (“Real” prezidenti —izoh “Daryo”) va uning nimalarga qodirligini bilgan holda ishonchim komil, unda qandaydir reja bor.

Ronaldu ketganidan keyin Karim Benzema o‘ziga “to‘qqizlik” rolini oldi, biroq unga menda bo‘lgani kabi Emilio Butrageno yetishmayapti.

Yovichga keladigan bo‘lsak, u yomon futbolchi emas, ammo “Real”ga hozirning o‘zida kuchli hujumchi kerak. Va Keyn mening nazarimda, aynan o‘sha futbolchi”, — deydi Sanches.