Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 35 yoshga yaqinlashgan boʻlsa-da, yaqin orada faoliyatini yakunlamoqchi emas.

Foto: Getty Images

“Umrimda hech qachon yomon mavsumni oʻtkazmaganman, chunki qiyinchiliklarga doim tayyorman.

Men faqat gʻalaba qozonish uchun oʻynayman. Agar tanam jismoniy yuklamalarni toʻgʻri qabul qilolmay qolsa, faoliyatimni yakunlayman.

Avval futbolchilar 30-32 yoshida futboldan ketishardi, hozir esa 40 yoshli futbolchilarni ham koʻrish mumkin”, – dedi Ronaldu.

Bu mavsumda futbolchi “Yuventus” tarkibida barcha musobaqalarda 21ta oʻyinda maydonga tushib, 12ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.