Energetika vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

Energetika vazirligi tarkibida yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Aziz Vohidov Energetika vazirligining Iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorlik va energiya tejamkorlik bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Avvalroq, Energetika vazirligining Moliyaviy oqimlar va narx siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Energetika vazirligining Metodologiya va litsenziyalash boshqarmasi, Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasiga boshliqlar tayinlangan.