Rossiya chempionatining so‘nggi 10 yillikdagi ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Rossiya Premyer Ligasi so‘nggi o‘n yillikning ramziy terma jamoasini tuzdi.

Ramziy terma jamoa RPLning ijtimoiy tarmoqlarida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali aniqlandi.

Rossiya chempionatining so‘nggi o‘n yillikdagi ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Igor Akinfeyev

Himoyachilar: Yuriy Jirkov, Sergey Ignashevich, Branislav Ivanovich, Mario Fernandes

Yarim himoyachilar: Danni, Xalk, Aleksandr Golovin, Pontus Vernblum

Hujumchilar: Artyom Dzyuba, Vagner Lav.