Buyuk Britaniyaning 98 yoshli shahzodasi Filippnng ahvoli yaxshilanmoqda

Buyuk Britaniyaning 98 yoshli shahzodasi, qirolicha Yelizavetaning turmush oʻrtogʻi Filipp uch kun davomida kasalxonada shifokorlar kuzatuvi ostida boʻldi va hozirda uning ahvolini yaxshi, deb baholamoqda.

Foto: Hindustan Times

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Bukingem saroyi shahzoda Filippning sogʻligʻida muommolar paydo boʻlganligi va ularni bartaraf etish uchun zudlik bilan shahzodaning kasalxonaga yotqizilganligi xabar qilgan edi.

Oʻtgan yili Filipp son suyagini almashtirish boʻyicha jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi. Oʻshanda u 10 kun davomida shifokorlar nazorati ostida qolgan.