Boeing rahbari 737 Maks inqirozi paytida isteʼfoga chiqdi

Boeing bosh direktori Dennis Myulenburg isteʼfoga chiqmoqda, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati. Shuningdek, u kompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimini ham tark etadi. Kompaniyaning yangi rahbari va direktorlar kengashi raisi lavozimini Devid Kalxun egallashi kutilmoqda.

Foto: CA-News

Ayni vaqtda Greg Smit kompaniya direktori vazifasini bajarishga tayinlangan.

“Direktorlar kengashi rahbariyatni oʻzgartirish kompaniyaning olgʻa siljishiga ishonchni tiklash uchun kerak degan qarorga kelindi. Bu tartibga solish organlari, mijozlar va boshqa barcha manfaatdor tomonlar bilan munosabatlarni tiklash uchun yaxshi ishlaydi“, deyiladi Boeing hisobotida.

2019-yil oktabrda kompaniya direktorlar kengashi raisi va bosh direktor lavozimlarini ajratish toʻgʻrisida eʼlon qildi.

Dennis Myulenburg 2015-yil iyul oyida Boeing bosh direktori etib tayinlangan edi. U 2016-yilning martidan 2019-yil oktyabrigacha boshqaruv raisi boʻlib ishlagan.