Forbes shu yilning muvaffaqiyatli va omadsiz milliarderlar ro‘yxatini tuzdi

Forbes nashri joriy yilda eng ko‘p muvaffaqiyatga erishgan va aksincha, yo‘qotishlarga duch kelgan milliarderlar ro‘yxatini e’lon qildi.

forbes
Foto: Forbes

“Omadsizlar” ro‘yxatiga hatto hozirda dunyoning eng badavlat odami bo‘lgan Jeff Bezos ham kirdi. Uning yil davomida boy berganlari 13,1 milliard dollar baholandi.

“Omadsizlar” beshligi:

  1. Hind biznesmen Azim Premji (-14,1 milliard dollar);
  2. Amazon asoschisi Jeff Bezos (-13,1 milliard dollar);
  3. Hindistonning Essel Group mediaxoldingi rahbari Subxash Chandra (-3,4 milliard dollar );
  4. Uber sobiq rahbari Trevis Kalanik (-3,1 milliard dollar);
  5. Smart Commerce Group hamraisi Yan Chji (-3 milliard dollar).

Bu yildagi eng omadlilar:

  1. Dior va Louis Vuitton egasi Bernar Arno (+40 milliard dollar );
  2. Facebook asoschisi Mark Sukerberg (+22,1 milliard dollar);
  3. Inditex kompaniyasi asoschisi Amansio Ortega (+17,3 milliard dollar );
  4. Microsoft sobiq bosh direktori Stiv Balmer (+16,3 milliard dollar);
  5. Hind biznesmeni Mukesh Ambani (+16,1 milliard dollar).