Chiqindilar ichidan topilgan katta miqdordagi pul onkologiya shifoxonasiga berildi

“The Independent” gazetasining yozishicha, Sufflok grafligidagi metall chiqindilari omboridagi zanglagan seyf ichidan qog‘oz pullar va tangalar chiqqan.Metall yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi Sackers firmasi xodimlari ushbu eski seyf ichidan chiqqan 20 ming funt (24 ming yevroga yaqin) pulni muhtojlarga berishga qaror qilishdi.

cash2
Foto: The Independent

Ular dastlab topilmani polisiyaga berishgan, polisiya bu pullarning egasini qidirgan, ammo hech kim pulini so‘rab kelmagan.

Shundan so‘ng sud Sackers firmasini ushbu mablag‘ egasi deb e’lon qildi, ammo firmadagilar bu pullarni muhtojlarga berishga qaror qildi. Bu pullar onkologik bemorlar davolanadigan ikkita shifoxonaga taqdim etildi.