Rossiyadagi parranda zavodida ishlayotgan o‘zbekistonliklar ish tashlash e’lon qildi

Mamlakatimizning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi 2019-yil 11-dekabr kuni Yaroslav viloyati Ribinsk tumanida joylashgan “Yaroslavskiy broyler” AJda ishlaydigan 75 nafar O‘zbekiston fuqarolari ish beruvchi bilan o‘rtalarida kelib chiqqan mojaro sabab mazkur korxonadan chiqib ketgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Bu haqda taqda TIV ma’lum qildi.

Foto: Darakchi.uz

Elchixonaning Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga oldi. Ikki tomondan olingan ma’lumotga ko‘ra nizo bartaraf etilgan hamda barcha ishchilar o‘z vazifalariga qaytgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.