Fransiyadagi norozilik namoyishlari pensiya islohotlariga ta’sir o‘tkaza oldimi?

Fransiya bosh vaziri Eduar Flipp mamlakatdagi pensiya islohoti kechiktirilishini ma’lum qildi.
Bosh vazir Parijdagi matbuot anjumanida shunday bayonot bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qoidalar 1975-yildan so‘ng tug‘ilganlargagina taalluqli bo‘ladi.

Pensiyaga chiqish bo‘yicha eng kam yosh 62 yoshligicha qoladi, lekin to‘liq pensiya olish uchun fuqarolar 24 yillik mehnat faoliyati hisobiga ega bo‘lishi kerak.

Islohotlarga oid yangiliklar 2022-yildan joriy etiladi, deb qo‘shimcha qildi vazir.

Eslatib o’tamiz, avvalroq pensiya islohoti tufayli milionlab insonlar Fransiya prezidenti Makronni xiyonatda ayblayotgani haqida xabar bergan edik.