Merkel – yana bir bor dunyoning birinchi xonimi bo‘ldi

Germaniya Federal kansleri Angela Merkel “Forbes” ro‘yxati bo‘yicha 2019-yil dunyoning eng taniqli ayoli reytingida birinchilikda qayd etildi.

Foto: Hurriyetdailynews.com

Kuchli uchtalikka Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard va AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi kirgan.

Nashrning yozishicha, yevropaliklarning anti immigrasiya kayfiyatiga qarshi kurashib kelayotgan Angela Merkel to‘qqiz yildan buyon ushbu ro‘yxatda peshqadamlik qiladi.

Nensi Pelosi AQSh Prezidenti Donald Trampga impichment e’lon qilish g‘oyasi tashabbuskorlaridan hisoblanadi. Bu taklif uni dunyodagi taniqli ayollar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi.

Shuningdek, mazkur ro‘yxatda amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri (20-o‘rin), Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II (40-o‘rin), AQSh Prezidenti Donald Trampning qizi hamda maslahatchisi Ivanka (42-o‘rin) nomlari ham kiritilgan.

Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabigullina 53-o‘rinni egalladi.