Rossiyada prezident Zelenskiy rol o‘ynagan seriallar efirdan olib tashlandi

Rossiyaning TNT telekanali 11-dekabrda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bosh rolni o‘ynagan “Xalq xizmatkori” sitkomining dastlabki uch seriyasini namoyish qilgandan so‘ng efirdan olib tashladi.

Foto: The Spokesman-Review

Zelenskiy kutilmaganda prezident etib saylangan tarix o‘qituvchisi rolini o‘ynagan sitkomni efirga uzatish uchun 12-13-dekabrda boshqa ko‘rsatuvlarga mo‘ljallangan vaqt ajratilgan edi.

“Gazprom Media” egalik qiluvchi TNT telekanali Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyev bilan munosabatlar “iliqlasha boshlagani”ni aytgandan so‘ng shu ishga qo‘l urgan edi. Putin Parijda Zelenskiy bilan Ukraina sharqidagi mojaroga barham berish va mustahkam tinchlik o‘rnatish yuzma-yuz uchrashdi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan Putin ushbu sitkomni ko‘rganmi, deb savol so‘ralganda, prezidentning televizor tomosha qilish uchun “vaqti yo‘q ekani”ni aytdi.

Ko‘rsatuvlarini haftasiga 35 million kishi ko‘radigan davlatga qarashli mediakompaniyaning sitkomga oid reklamasida, “Ko‘rsatuv – utopiya, uning Zelenskiy rahbarligidagi Ukrainaga hech qanday aloqasi yo‘q”, degan ogohlantiruvchi so‘zlar bor edi.

Sitkom efirdan olib tashlanishidan oldin Rossiya Uzoq Sharqidagi tomoshabinlar uning kesib tashlanmagan versiyasini ko‘rganini ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilgan edi.