Sudanning sobiq prezidenti ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

6

Xartum sudi Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Bashirni korruptsiyada ayblab, ikki yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar beradi Kommersant.ru.

Foto: Kommersant.uz

Sobiq prezident pul yuvish, chet el valyutasini noqonuniy saqlash, shuningdek, chet el mablagʻlarini noqonuniy oʻzlashtirish va ulardan foydalanishda ayblanmoqda.

Sudanni 30 yil boshqargan Umar al-Bashir bir necha oy davom etgan noroziliklardan soʻng 2019-yil aprelida hokimiyatdan chetlatildi. Maʼmurlar undan 6,9 million yevro, 351,7 ming dollar va 5,7 million sudan funtini (taxminan 130 ming dollar) musodara qildi.

U pulni prezident saroyida tintuv paytida topilgan maxfiy xonada saqlagan. Sobiq prezident chet eldan, xususan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Sauddan pul olganini tan oldi.

https://www.kommersant.ru/doc/4196044

#xorij