Eng qimmat futbolchi kimligi ma’lum bo‘ldi. U Messi ham Ronaldu ham emas

Futbol biznesini tahlil qilib boruvchi KPMG Football Benchmark platformasi dunyodagi eng qimmat futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. KPMG Football Benchmark versiyasiga ko‘ra ushbu ro‘yxatning dastlabki ikki pog‘onasini mos ravishda PSJ hujumchilari Kilian Mbappe va Neymar egallagan.

Portugaliyalik futbol yulduzi – Krishtianu Ronaldu ushbu ro‘yxatning dastlabki 15 taligida ham qayd etilmagan. Uning prinsipial raqibi Messi esa kuchli uchlikni yakunlab bergan.

KPMG Opta tomonidan taqdim etilgan so‘nggi sport statistikalari asosida 12 ta ligadagi besh mingdan ortiq o‘yinchining transfer narxini hisoblab chiqilgan.

Reyting Argentina, Belgiya, Braziliya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Portugaliya, Ispaniya va Turkiyaning yuqori divizionidagi futbolchilarni, shuningdek, Angliya Chempionshipini ham qamrab olgan.

 

Narxi 100 mln. yevro va undan oshgan 5ta o‘yinchi: Jeydon Sancho (“Borussiya” D, 116 mln yevro), Pol Pogba (“Manchester Yunayted”, 115 mln yevro), Virjil van Deyk (“Liverpul”, 114 mln. yevro), Frenki de Yong (“Barselona”, 106 mln yevro) va Markus Reshford (“MYU”, 100 mln. yevro).