Buyuk Britaniyadagi parlament saylovlarida konservatorlar g‘alaba qozondi

6

Bosh vazir Boris Jonson boshchiligidagi Buyuk Britaniyaning Konservativ partiyasi 12-dekabr kuni boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalariga koʻra Vakillar palatasidagi 650 oʻrindan 355tasini qoʻlga kiritdi, deya xabar qildi BBC rus xizmati.

Foto: twitter.com/borisjohnson

Konservatorlarning asosiy raqiblari Jeremi Korbin boshchiligidagi leyboristlar 202 oʻringa, Shotlandiya milliy partiyasi — 48 oʻringa, Liberal-demokratik partiyasi — 10 oʻringa, Shimoliy Irlandiya Demokratik ittifoqi partiyasi — 8, Uels partiyasi — 4, yashillar partiya — 1-oʻringa ega boʻldi. Bundan tashqari, 14 mustaqil deputat parlamentdan joy oldi.

Konservatorlar Boris Jonson va Bryussel hukumati tomonidan imzolangan Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi toʻgʻrisidagi bitimni zudlik bilan ratifikatsiya qilmoqchi va 2020-yil 31-yanvarda qirollik rasmiy ravishda Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqadi.