Atambayev qotillikda ayblanmoqda

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qotillikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Qo‘y-Toshdagi voqealar bo‘yicha davlat komissiyasining faoliyati yakunlari muhokamalari chog‘ida ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliyev ma’lum qildi, deb yozadi “Vecherniy Bishkek”.

what have I done SDPK.kg
Foto: Sdpk.kg

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ballistik ekspertiza natijalari “Alfa” maxsus xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Usen Niyazbekovning o‘limiga olib kelgan o‘q Almazbek Atambayev nomiga rasmiylashtirilgan karbin miltig‘idan otilganini ko‘rsatdi.

Ichki ishlar vaziri otishmani aynan kim amalga oshirgani hozircha aniqlanmaganligini ta’kidlagan.

Qashqar Junushaliyev keyinroq huquqni muhofaza qilish organlaridan ishdan bo‘shatilgan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Kursan Asanov tomonidan aynan ushbu qurol o‘qsizlantirganini qayd etib o‘tgan.