Qanday tadbirkorlik subyektlari o‘rta biznes toifasiga kiritiladi va unga qanday imtiyozlar beriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta biznesni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda belgilanishicha, 2020 yilning 1 aprelidan o‘rta tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga mulk shaklidan qat’i nazar, kichik korxonalar uchun yiliga belgilanganidan ortiq, lekin ishlab chiqarish sohasida 100 dan 150 nafargacha, qurilishda 70 dan 100 nafargacha, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda 30 dan 40 nafargacha, chakana savdo, xizmat ko‘rsatish hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 20 dan 30 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo‘lgan o‘rta korxonalar kiradi;

• o‘rta korxonalar odatda xom ashyo va materiallarni dastlabki qayta ishlash, kichik hajmli, lekin ko‘p mehnat talab qiladigan butlovchi mahsulotlar, jihoz va asbob-uskunalar, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlari ishlab chiqarish sohalarida, shuningdek, servis xizmati va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida barpo etiladi;

• kichik biznes subyektlari uchun barcha imtiyoz va preferensiyalar o‘rta tadbirkorlik (biznes) sub’yektlariga tatbiq etiladi.

• yillik aylanma mablag‘i 1 mlrd.so‘mdan 3 mlrd.so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari o‘rta biznes toifasiga kiritiladi va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.