“Time“ jurnali Greta Tyunbergni yil odami deb eʼlon qildi

Amerikaning “Time“ jurnali 16 yoshli shved eko-faoli Greta Tyunbergni yil odami deb tan oldi. Yosh xonim jurnalning 92 yillik tarixida bu nomni olgan eng yosh ayol boʻldi.

“Iqlim faoli Greta Tyunberg sayyora bilan bogʻliq noaniq xavotirlarni global oʻzgarish uchun xalqaro harakatga aylantira oldi“, – deyiladi nashrda.

Eslatib oʻtamiz, Greta Tyunberg Birlashgan Millatlar Tashkilotida nutq soʻzlab, unda mamlakat rahbarlarini bemaʼni vaʼdalar berishda aybladi. Uning soʻzlariga koʻra, ular Gretaning bolaligini vaʼdalari bilan oʻgʻirlashgan. Qizning nutqi, ayniqsa Rossiyada qizgʻin munozaralarga sabab boʻldi.

Yil odami nomiga shuningdek quyidagi shaxslar nomzodlik qilgan edi: Oq uy spikeri Nensi Pelosi, AQSh prezidenti Donald Tramp, Facebook asoschisi Mark Tsukerberg, amerikalik futbolchi Megan Rapino, Xitoy rahbari Si Tszinpin, Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern va Trampning shaxsiy advokati Rudolf Juliani.