Twitter 2019-yilning asosiy mavzularini ma’lum qildi

Twitter mikrobloglar servisi 2019-yilda eng ko‘p muhokama qilingan shaxslar va hodisalar, trendda bo‘lgan mavzularni e’lon qildi.

The-Independent-Twitter
Foto: Daryo.uz

Yangiliklar bilan bog‘liq xeshteglar orasida #NotreDame (Parijdagi Notr Dam sobori) katta yong‘in tufayli yetakchilik qilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda Yaponiya Reyvi yillar hisoboti hamda Venesueladagi vaziyat ham keng muhokama mavzusiga aylangan.

Eng ko‘p muhokama qilingan siyosatchilar:

AQShning hozirgi prezidenti Donald Tramp;

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama;

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin siyosatchilar o‘nligida oxirgi pog‘onadan o‘rin olgan. Qiziq tomoni, Putinning muhokamalarida birorta ham rasmi yo‘q, bu uning Twitter’da akkaunti yo‘qligi bilan bog‘lanmoqda.

Eng ommaviy sportchilar:

Neymar;

Lionel Messi;

Krishtianu Ronaldu.

Musiqachilar:

Koreyaning BTS boyzbendi;

Ayol qo‘shiqchi Ariana Grande;

reper Dreyk.

Aktorlar:

Tom Xolland;

Kris Evans;

Zendaya.

Filmlar:

“Qasoskorlar: Final”;

“O‘yinchoqlar tarixi 4”;

“Joker”.

Seriallar:

“Taxtlar o‘yini”;

“Juda g‘alati ishlar”;

“Simpsonlar”.