Kartochkalardan pul o‘g‘irlashning eng mashhur sxemasi ma’lum bo‘ldi

So‘nggi yillarda bank xavfsizlik xizmati niqobi ostida qilingan qo‘ng‘iroqlar kiber firibgarlikning eng mashhur shakliga aylandi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Ta’kidlanganidek, 2017-yilga nisbatan bunday qo‘ng‘iroqlar soni 15 barobar ko‘paydi. 2019-yilda 2,5 million kishi telefonni soxtalashtirish shikoyatlari bilan faqat Sberbankka murojaat qilishdi.
Sberbank kiber firibgarligiga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Sergey Veligodskiyning so‘zlariga ko‘ra, uch yil davomida ijtimoiy muhandislik an’anaviy kiber o‘g‘irlik- skimming va turli zararli dasturlarni keltirib chiqardi.

Agar kimdir, sizning ma’lumotlaringizni bilmoqchi bo‘lsa, turubkani joyiga qo’yib qo‘yish va o‘zingizning bank kontakt markaziga murojaat qilish yaxshiroqdir, deb maslahat beradi ekspert.