Metro qurulishi sababli yo‘l yopilishi yana 20-dekabrgacha uzaytirildi

Yunusobod metro yo‘nalishi qurilishi sababli, Amir Temur ko‘chasining qisman (Yunusobod tuman jinoyat ishlar sudi yaqinida) yopilishi 20-dekabr kunigacha uzaytirildi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat”ning matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

Xabarga ko‘ra, yo‘lning ushbu qismida avtoulovlarning ikki taraflama harakatlanishi yo‘lning bir tomoni bo‘ylab amalga oshirilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.