O‘zbekiston xalq artisti Tohir Miraliyev olamdan o‘tdi

Koʻpgina rollari bilan xalqimiz qalbidan joy olgan aktyor Oʻzbekiston xalq artisti Tohir Miraliyev olamdan oʻtdi.

Tohir Miraliyev “Tilla buva“ (2011), “Uchar otlar“ (2011), “Qovun“ (2012), “Jasur“ (2011), “Arosat“ (2009), “Chavandoz“ (2007), “Armon“ (1987) kabi koʻplab filmlarda rol ijro etgan.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi jamoasi hamda Oʻzbekiston kinoarboblari uyushmasi marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur taʼziya bildiradi.