Endi barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi

0
19
marta oʻqilgan

Barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi

Barcha ishlovchi pensionerlarga, 2020-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi farmoni loyihasida keltirib o’tilgan.

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 1-bandiga quyidagicha qo‘shimchalar kiritiladi:

“1. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga, 2020-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘tab, xizmatdan bo‘shatilgan hamda yoshga doir pensiya oluvchi pensionerlari shahodatlangan lavozimlar hisobidan xizmatga qayta qabul qilingan taqdirda ularga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi”.

Eslatib o‘tamiz, farmon loyihasiga o‘zgartirish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting