Andijondagi portlash sodir bo‘lgan joyga viloyat hokimi yetib bordi

0
17
marta oʻqilgan

Avvalroq, Andijon viloyati Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Andijon viloyati hokimligining xabariga ko‘ra, ko‘p qavatli uyning portlashi natijasida jami 6 ta xonadan zarar ko‘rgan bo‘lib, asosan yong‘in kelib chiqishi taxmin qilinayotgan 2-qavatdagi 37-38-39 xonadonlar zararlangan, uyning 4 pod’yezdi qavatlarga ko‘tarilishdagi beton barerlari qulab ketgan.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Xabarda aytilishicha, voqea joyiga viloyat hokimi yetib borgan va zudlik bilan mutasaddi tashkilotlarga yuzaga kelgan zararni qoplash, fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuzasidan topshiriq berdi.

Shuningdek, yong‘indan putur yetgan joylarni qayta tiklash ishlari boshlandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting