Youtube rahbari farzandlariga Youtube’ga kirishni taqiqlaydi

0
11
marta oʻqilgan

Youtube bosh direktori Syuzan Voychiski o‘z farzandlariga Youtube’da video ko‘rishga ruxsat bermaydi. Spot’ning yozishicha, bu haqda u CBS nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, uning farzandlari faqat bolalar uchun mo‘ljallangan Youtube Kids’dan foydalanadi, xolos. “Men bolalarimga Youtube Kids’dan foydalanishga ruxsat beraman, lekin ularga sarflaydigan vaqtini cheklayman. Menimcha, har qanday narsaning cheksiz bo‘lishi bu yaxshi emas”, — degan Voychiski.

Youtube Kids — 13 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maxsus versiya. U bolalarni nomaqbul videolardan himoya qilishi kerak edi. Biroq platformaning bu versiyasida ham shavqatsiz va uyatsiz videolar paydo bo‘lgan. Bu muammolar kompaniyani kuchliroq ota-onalar nazoratini o‘rnatishga undadi.

Sentabr oyida AQSh Federal savdo komissiyasi Youtube bolalarning internetdagi shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgani uchun 170 million dollar jarima bilan jazolagan.

Agentlik Youtube yosh bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini ota-onalarining roziligisiz noqonuniy to‘plash orqali millionlab daromad olganini ta’kidlagan. Youtube bunga javoban ota-onalarga Youtube Kids ilovasidan foydalanishni maslahat bergan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting