Andijondagi ko‘pqavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

0
17
marta oʻqilgan

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida portlash sodir bo‘ldi. Uning oqibatida uyda yong‘in yuzaga kelgan, deb xabar berdi «Vodiy bozor» kanali.

Videodan ko‘rish mumkinki, portlash oqibatida uy oldida turgan «Kobalt» avtomobilini devor bosib qolgan. Shuningdek, yon-atrofda bo‘lgan boshqa mashinalarga ham zarar yetgan. Portlash oqibatida qo‘shni binolarning ham oynalarini to‘kilib tushgan.

Yong‘in xavfsizligi xodimlari olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Hodisa yuzasidan hali rasmiy xabar berilgani yo‘q. Portlash sabablari va uning oqibatida jabr ko‘rganlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar yo‘q.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting