“Paxtakor”dagi so‘nggi o‘yinga Alisher Usmonov kelishi kutilmoqda

0
9
marta oʻqilgan

Bugun, 4 dekabr kuni 63 yillik tarixga ega Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida soʻnggi rasmiy uchrashuv oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston liga kubogi finali doirasida AGMK – “Paxtakor” jamoalari nufuzi boʻyicha uchinchi turnir sanalmish liga kubogi uchun kurash olib borishadi. Bir otaliq homiyga ega ushbu klublar oʻrtasidagi final bahsini tomosha qilish uchun martabali mehmon – rossiyalik milliarder, Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashrif davomida “Paxtakor” stadioni oʻrniga quriladigan yangi stadion loyihasi tasdiqlanishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 3 dekabr kuni Alisher Usmonov Shveytsariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining har yil oʻtkaziluvchi kongressida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax tomonidan Olimpiya qadriyatlarini doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlashi va ommalashtirishi uchun mukofotlagandi. Maʼlumotlarga koʻra, asli oʻzbekistonlik milliarder 3 dekabr kuni Yevropadan Toshkentga kelgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting